mobile View
  • Karyera
  • Yangiliklar va yangilanishlar
  • korporativ ijtimoiy mas'uliyat
  • Mahsulot risolasi
  • Шикоят
  • Select Language
    • English
    • Uzbek
  • ASSP mahsuloti haqida
  • Биз ҳақимизда
    • Korxona tarixi
    • Акциядорлар улуши
    • Ko’zlangan vazifa Istiqbolli reja Qadriyatlar
    • Rabariyat kengashi
    • Boshqaruv jamoasi
    • Ishlab chiqarish
    • Мукофотлар ва ютуқлар
    • Бизнес-режа
    • Ташкилий тузилма
    • Meyoriy-huquqiy asoslar
    • Kasaba uyushmasi
    • Karyera
    • Sertifikatlar
    • Komissiyalar
      • sanoat xavfsizligi komissiyasi
  • Корпоратив бошқарув
    • Aksiyadorlarga
    • Nazorat organlari
    • Boshqaruv organlari
    • Ma'lumotlarni oshkor qilish
    • Ichki xujjatlar
    • E'lonlar
    • Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi
  • Mahsulot va xizmatlar
    • OLTIN ASSP FERTILIZER
    • OLTIN NPK FERTILIZER
    • OLTIN WS FERTILIZER
    • SOTISH VA MARKETING
  • Barqarorlik
    • korporativ ijtimoiy mas'uliyat
    • SHE/Policies
  • Галерея
    • Расмлар
    • Видео
  • Biz bilan bog'lanish
  • tender va tanlovlar

LinkedIn

Telegram

Facebook

IKF OLTIN PRODUCT

IKF OLTIN PRODUCT

Chairman Shri S.P.Lohia, Vice Chairman Shri Amit Lohia and Board Member Mr. Prakash Kejriwal received by UKS First Vice Chairman , Mr Timirov Odil Shukurovich in Oct'19

2019 йил июн оида Қўқон Ҳокимияти, "Ўзкимёсаноат" раиси ва ж.Пракаш иштирок этган интеграция учрашуви

2020 йил июл ойида кириш дарвозаси таъмирланиши якунланди

Completed Renovation of fountain at Entry Gate in July'20

"Ўзкимёсаноат" АЖ раиси ж.Жўрабек Мирзамаҳмудовнинг 2020 йил март ойидаги ташрифи

1964 йил ойида ишлаб чиқариш цехига ташриф буюрган боғча болалари

Memories to relish

  • Tarixiy ma'lumot

    "Qo'qon superfosfat zavodi" OAJ - O'zbekistondagi va MDH mamlakatlaridagi 1935 yilda tashkil etilgan eng qadimgi o'g'it zavodlaridan biri bo'lib, u dastlab "GLAVAZOT", xalq Og'ir sanoat komissarligining texnik ko'magida o'g'it aralashtirish zavodi sifatida ish boshladi. Zavod mahsulotlarning dastlabki turlari, organik o'g'itlar aralashmasidan iborat bo'lgan. Keyinchalik bu "Tashkura" Qizilqum fosforit zavodining fosfat konidan olinadigan fosfor rudasi asosida mineral o'g'itlar (quritilgan va granula shakliga keltirilgan ammiakli superfosfat) ishlab chiqarish uchun asos bo'ldi.

    Superfosfat zavodi 1941 yilda O'zbekistonda qishloq xo'jaligi ehtiyojlari va mineral o'g'itlar hajmini oshirish maqsadida qurilgan. Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 250 ming tonna ammiakli oddiy superfosfatga teng bo'lgan. Urush paytida zavod mudofaa mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug'ullangan. 1942 yil yanvar oyida zavod portlovchi "F" dinamonini ishlab chiqarishni boshladi. Bu moddaning chiqarilishi 1945 yilgacha davom etdi. Sayt o'z hayoti davomida bir qator ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirdi va foydalanishni to'xtatdi va hozirda ammiakli superfosfat, tibbiy kislorod, bo'yoq zavodi va o't o'chirish kukuni zavodi faol ishlab chiqarilmoqda.

    Hozirgi vaqtda zavod qariyb 30 gektar maydonni egallagan va 1709-1876 yillarda Sharqiy hududda mavjud bo'lgan O'rta Osiyoning Farg'ona vodiysida o'zbek davlatining Qo'qon xonligi hukmronlik qilgan tarixiy Qo'qon shahrining markazida joylashgan. Bu xudud O'zbekiston, hozirgi Qirg'iziston, Tojikistonnning sharqiy va Qozog'istonning janubiy-sharqiy tarafiga to'g'ri keladi.

    Davomini o'qish
  • Zavod Tarixga Nazar...

    1935 yil -"GLAVAZOT", xalq Og'ir sanoat komissarligi tarkibiga kiruvchi o'g'it aralashtirish zavodi sifatida 1935 yil iyun oyida foydalanishga topshirildi.

    1941 yil - superfosfat zavodining qurilishi boshlandi. Lekin Jahon urushi tufayli qurilish ishalri to'xtatildi.

    1942 - 1945. Jahon urushi paytida zavodda mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarila boshlandi. Xususan, 1942 yil yanvar oyida zavod portlovchi "F" dinamitini ishlab chiqarishni boshladi. Dinamit ishlab chiqarilishi 1945 yilgacha davom etdi.

    1946 yil - superfosfat zavodining birinchi bosqichini ishga tushirish ishlari 1946 yil 6 aprelda yakunlandi.

    1946 - 1947. 1946 yilda sulfat kislotasi zavodi qurilishi boshlanib, 1947 yil sentyabr oyida ishga tushiriladi.

    1949 - 1956. Quvvati yiliga 250 000 tonna superfosfat ishlab chiqarishga mo'ljallangan ilg'or texnologiya bilan jihozlangan yangi zavodini loyihalash va qurish ishlari yakunlanib, zavod 1956 yilda ishga tushiriladi.

    1953 yil - Ammiakli superfosfat ishlab chiqaruvchi tajriba zavodi ishga tushiriladi.

    1958 yil - Superfosfat ishlab chiqarilishining xajmi oshishi sabab, zavodning o'zida sulfat kislotasi ishlab chiqarilish yo'lga qo'yiladi.

    1962 yil - Yiliga 250 ming tonna ammiakli superfosfat ishlab chiqarish quvvatiga teng zavod ishga tushiriladi.

    1964 yil - Ammiakli superfosfat ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi tadbiq etiladi - ammonizatsiya - quritish - elakdan o'tkazish - maydalash.

    1967 yil -Ikkita qo'shimcha ammonizatsiya barabanining o'rnatilishi.

    1971 yil - Quritgichlar va tsiklonlarda o'z -o'zini tozalash moslamasi texnologiyasini takomillashtirish orqali rekonstruksiya qilinishi.

    1973 yil - Fosforit kontsentrati kukunini qayta ishlash, superfosfatni qo'shimcha sovutish, shu jumladan qo'shimcha elak uskunalari texnologiyasini takomillashtirish yakunlanadi.

    1988 yil - Ekologik muammolarni hal qilish va Qizilqum fosforitidan foydalanishni boshlash maqsadida, zavod quvvati yiliga 175,000 tonnagacha qisqardi. O'shandan beri zavodda mahalliy "Tashkura" fosforli konlaridan olinadigan xom-ashyoni qayta ishlashga o'tildi. Natijada ammiakli superfosfat ishlab chiqarish quvvati yiliga 178,000 tonnaga qayta hisoblandi.

    1991 yil - Sovet Ittifoqi parchalanib, iqtisodiy aloqalar uzilganidan so'ng va Navoiy viloyatida "Jeroy Sardor" milliy fosforit koni ochilganidan keyin. zavodda past sifatli og'irligi 0,98 g / sm3, P2O5 tarkibi 16%dan kam bo'lmagan fosforit xom-ashyosini qayta ishlashga o'tildi.

    1997 yil - O'zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo'mitasining buyrug'i bilan 1997 yil kimyo sanoatida birinchilardan bo'lib zavod aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilib, "Qo'qon superfosfat zavodi" OAJ deb nomlana boshladi.

    2003 yil - Chirchiq "O'ZKIMYOSANOATLOYIHA" loyiha instituti bosh pudratchi sifatida superfosfat zavodining ammiaklash, granullashtirish, qurutish va sinflarga ajratish bo'limlarini rekonstruktsiyasi" loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada, 2010 yilgacha zavodda 12% lik suyuq ammiakli eritma yordamida gnanula ko'rinishdagi amiakli superfosfat mahsulotining ishlab ciqarish ko'rsatkichklarini yiliga 250,000 tonnaga etkazish rejalashtirilgan edi. Rossiyaning Sankt -Peterburg shahridagi "NIIGIPROHIMNAUKA" tashkiloti esa, texnik-jarayonlarni loyihasi bilan shug'ullangan.

    2004 yil - Zavodning amiakli superfosfat tsexida masulotni granula shakliga o'tkazish orqali chang va gaz chiqindilarini kamaytirish maqsadida rekonstruksiya ishlari olib boriladi.

    2006 yil - Zavodning ammiakli superfosfat ishlab chiqarish loyihaviy quvvati 250,000 tonnaga etkazildi. Tayyor mahsulotning zarraviy hajmi taqsimlanishini yaxshilash maqsadida ammiakli superfosfat tsexini texnologik tarmog'ini modernizatsiya qilish dasturi barpo etiladi.

    2007 yil-Umumiy P2O5 tarkibi (18-19) %bo'lgan TSh 81.2-23: 2006 yuvilgan va quritilgan "Tashkura" fosforit kontsentrati ishlatila boshlandi.

    2015 yil - 2015 yil mart oyidan boshlab umumiy tarkibi P2O5 (26) %bo'lgan yuvilgan kalsinlangan fosforit konsentratidan O'zDSt 2825-2014 ishlatila boshlandi. 2015 yilning aprelidan boshlab, bu P2O5 muhim ozuqa moddalari bilan ammiaklangan superfosfat ishlab chiqarishga 20%ruxsat berdi.

    2019 yil - O'zbekiston hukumati xususiylashtirish dasturini boshladi, uning doirasida Indorama korporatsiyasi 95,54% davlat ulushini sotib oldi va to'liq modernizatsiya va o'zgartirish dasturini ishga tushirdi. Zavod 2021 yilning birinchi choragida 350 ming tonna superfosfat va 290 ming tonna ammiakli superfosfat quvvatiga ega qayta ishga tushirilishi kutilmoqda.

    Davomini o'qish
  • Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals AJ xaqida

    Indorama Holdings B.V. (Yopiq aksiyadorlik jamiyati) (Singapur) 100 foiz sho'ba korxonasi Indorama Korporatsiyasga (Singapur) 100% tegishli bo'lib, 2019 yilning iyun oyida, hukumatning xususiylashtirish siyosati asosida O'zbekistonning Qo'qon shahrida joylashgan Qo'qon superfosfat zavodini sotib oldi. "Qo'qon superfosfat zavodi" AJ nomi, "Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals." AJ ga o'zgartirildi. Bu zavodning xarid qilinishi, Indorama korporatsiyasining tabiiy resurslar va ichki bozor afzalliklari bo'lgan mamlakatlarda o'z o'rnini kengaytirish global strategiyasiga mos keldi. Indorama Kokand Fertilizers & Chemicals korxonasi zamonaviy texnologiyalar va xalqaro texnik tajribaga yangi sarmoya kiritib, ish o'rinlarini yaratish, boshqa sanoat va xizmatlarni rivojlantirish, eksportni hajmini ko'tarish va ekinlar hosildorligini oshirish orqali oziq -ovqat xavfsizligini ta'minlash imkoniyatiga ega.

    2021 yilning 1-choragida 1-bosqich modernizatsiya ishlari tugallanganidan so'ng, ishlab chiqarish xajmi avvalgi 100,000 tonnadan kam bo'lgan ko'rsatkichlardan yiliga 350,000 tonnagacha oddiy superfosfat (OSF) yoki 290,000 ming tonna ammiakli oddiy superfosfat (ASF) tayyor mahsulotini ishlab chiqarish xajmiga etkaziladi.

    Davomini o'qish

Biz bilan bog'lanish

INDORAMA KOKAND FERTILIZERS AND CHEMICALS AJ
Farg'ona viloyati, Qo'qon shahri
Davronbek ko'chasi, 87
O'zbekiston
Elektron pochta: [email protected]
Tel: +998(73)543-9000

Meros

Namunalar bilan korparativ broshura

footer-logo footer-logo
Меню
  • Bosh sahifa
  • Биз ҳақимизда
  • Ishlab chiqarish
  • Бизнес-режа
  • Sertifikatlar
  • Karyera
  • Mahsulot va xizmatlar
  • Yangiliklar va yangilanishlar
  • korporativ ijtimoiy mas'uliyat
  • Biz bilan bog'lanish
  • Мукофотлар ва ютуқлар
Бошқа Меню
  • Фойдаланиш оқибатлари учун жавобгарликдан воз кечиш
  • Sayt xaritasi
Манзил

INDORAMA KOKAND FERTILIZERS AND CHEMICALS AJ
Farg'ona viloyati, Qo'qon shahri
Davronbek ko'chasi, 87
O'zbekiston

Ushbu saytda chop etilgan materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.

Жами меҳмонлар сони: 20817

Copyright © 2023 Indorama Kokand Fertilizers. All Rights Reserved.

Design and Development By : Interactive Bees